Sukhrob’s blog
Back to blog

🧩 Leetcode Challenge

2025-03-09

Hozirgi kunda muammoni hal qilish, har bir dastur muhandisi uchun muhim bo'lib qolmoqda. Sababi, yordamchi AI toollar ko'paygani sari, dasturchi inson mantiqiy va tanqidiy o'ylamay qo'ydi.

Bu xavfni oldini olish maqsadida, muammolarni hal qilish ko'nikmasini rivojlantirishni niyat qildik.

Leetcode Challenge

🎯 Nima Uchun Bu Challenge?

Har gal Leetcode masalalarni yechishni odat qilaman deyman, ammo nimadir xalaqit beradi. Shu sababli, bu challenge davomida:

  • Masalalarni tezroq va aniq yechishga harakat qilamiz.
  • Muammolarni hal qilishda kerak bo‘ladigan patternlar bilan tanishamiz.
  • 250 ga yaqin turli qiyinchilikdagi, mavzulashtirilgan masalalarni yechib boramiz.

🧐 Kimlar Uchun?

Dasturlashning asosiy mavzularini (if-else, loops, functions...) o'zlashtirganlar.

Algoritmlar va Ma'lumotlar Tuzilmasi asoslarini tushunganlar.

Natijaga intilgan, o'rganishga ishtiyoqi bor dasturchilar.

🚀 Challenge Davomida Nimalar Qilamiz?

  • sukhrob.io/neetcode bo‘limida ko‘rsatilgan mavzular bo‘yicha ishlaymiz.
  • Har bir masalani yechib, tushuntirishga harakat qilamiz. Men bu jarayonni
print("Python")
console.log("JavaScript");

dasturlash tillari orqali YouTube videolar orqali olib boraman.

  • Doskada yoki qog‘ozda masalani ishlash — yanada tushunarli bo‘lishiga yordam beradi.
  • Jamoaviy o‘rganish — guruhda faol bo‘lib, boshqalarning savollariga javob beramiz.
  • Kuniga kamida 2 ta masala yechamiz va uni boshqalarga o‘rgatamiz.

🚀 Yaqin kunlarda youtube kanalimda batafsilroq tushuntiraman...

© 2025 sukhrob.io